
Kamerun – 5 karra Afrika Millatlar Kubogi sohibi!
Afrika Millatlar Kubogi bosh sovrini uchun Kamuren va Misr terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi.
Final kutilganidek qizg‘in va kurashlarga boy tarxda o‘tdi. Uchrashuvning 22-daqiqasida El-Nenni hisobni ochgan bo‘lsa, 59-daqiqada Nkulu muvozanatni tikladi. Uchrashuv yakunida, ya’ni, 88-daqiqada Abubakar Kamerun termasiga Afrika chempionligini keltirgan gol muallifi bo‘ldi. Bu kamerunliklar uchun beshinchi chempionlik bo‘ldi.
Afrikaning 7 karra chempioni bo‘lgan Misr terma jamoasi bu safar kumush medallariga ega chiqdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Burkina-Faso termasi Ganani mag‘lubiyatga uchratib, bronza medallariga ega chiqqandi.
Qayd etish kerakki, Kamerun Afrika chempioni sifatida JCh-2018 dan avval o‘tkaziladigan Konfederatsiyalar Kubogida ishtirok etadi.
Misr – Kamerun 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 22 El-Nenni, 1:1 – 59 Nkulu, 1:2 – 88 Abubakar.
Misr – El-Xadari, Gaber, Xegazi, Fatxi, Uarda, Salax, El-Said, Xamed, Trezege (Sobxi, 66), El-Nenni, Al-Muxammadi.
Kamerun – Ondoa, Ngade-Ngadjui, Oyongo, Fe, Teyku (Nkulu, 31), Bassogog, Sutchin-Djum, Siani, Mukandjo, Zua (Mandjek, 90), Tambe (Abubakar, 46).
Fikrlar