Kante “Chelsi”ning javobini kutmoqda
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi N’Golo Kante o‘zining transferi masalasida jamoa rahbariyati bilan ziddiyatga bormoqchi emas.
Le 10 Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ko‘plab super takliflarga ega bo‘lgan 27 yoshli frantsiyalik futbolchi bu borada “aristokratlar”ning har qanday qaroriga rozi. Agar rahbariyat uni sotmaslikka qaror qilsa, u holda Kante “Chelsi”da qolishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, yaqindagina Frantsiya bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Kantega "Barselona", "Real" va PSJ kabi jamoalar jiddiy taklifar bo‘lmoqda.



Fikrlar