Karate. Ikki nafar sportchimiz Marokashdagi "Premier League" musobaqasining finaliga chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Marokashning Rabot shahrida karate bo‘yicha nufuzli "Premier League" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu turnirning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida ikki nafar sportchimiz ishtirok etmoqda. E’tiborlisi, ularning har ikkisi ham hozircha barcha bellashuvlarni o‘z foydalariga hal qilib, finalgacha etib kelishdi.

MOQ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, -60kg vazn toifasida janglarda ishtirok etgan Sadriddin Saymatov Shveytsariya, Frantsiya, Qozog‘iston va Tunis davlatlaridan tashrif buyurgan sportchilarni mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi Saymatov oltin medal uchun turkiyalik Aykut Kayaga qarshi jang qiladi.

-75kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Dostonbek Otabolaev Chili, Latviya, Vengriya, Frantsiya vakillaridan ustun keldi. Hal qiluvchi bahsda Dostonbek besh karra jahon chempioni hisoblangan ozarbayjonlik Rafael Agaevga qarshi bahs yuritadi.

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda Bahriniso Babaeva ilk jangida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Yana bir sportchimiz Barno Mirzaeva esa hali turnirdagi ishtirokini boshlamadi.

Shuni alohida qayd etib o‘tishimiz lozimki, bugungi kungacha "Premier League" musobaqalarida xech qachon bitta turnirda birdaniga ikki nafar karatechimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritmagandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!