Karimov Serbiyadagi turnirda ishtirok etadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonlik tennischi Jo‘rabek Karimov Serbiyaning Novi Sad shahrida tashkillashtiriladigan “Fyuchers” turkumidagi  turnirda ishtirok etadi.

Mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etadigan turnirni tennischimiz asosiy to‘r bahslaridan boshlaydi.

19 yoshli tennischimizga ilk davrada xorvatiyalik Frano Raspudich raqiblik qiladi.

Hamyurtimiz shuningdek, ushbu turnirning juftlik bahslarida ham ishtirok etadi. Unga argentinalik Manuel Pena Lopes sherik bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!