Kavani yana "Napoli"ga qaytmoqchi

  • 31.10.2018 00:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra PSJ forvardi Edinson Kavani yana "Napoli"ga qaytishi mumkin.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra urugvaylik futbolchining vakillari neapolliklar rahbariyati bilan bu borada birinchi muzokarani o‘tkazishgan. Unga ko‘ra Kavani “Napoli”ga qaytish uchun maoshining kamayishiga ham rozi. Ta’kidlash kerakki, Kavanining oilasi haligacha Neapolda istiqomat qiladi.

Ma’lumot uchun, Kavani PSJ tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U joriy mavsum 7ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 5ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!