Kiber sport bo‘yicha O‘zbekiston kubogi g‘oliblari aniqlandi

CHERY AUTO

Toshkent shahrida O‘zbekiston elektron kompyuter sporti Federatsiyasi va Alisports (Alibaba Group) hamkorligida o‘tkazilgan, Butunjahon elektron sport o‘yinlari (WESG) turniri uchun saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Besh yo‘nalishda o‘tkazilgan o‘yinlarda saralashga parallel ravishda, O‘zbekiston kubogi g‘oliblari ham aniqlandi.

Musoboqaning eng yaxshi ishtirokchilari keyingi xalqaro bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘lish bilan birga 2019 yilgi O‘zbekiston chempionati ya’ni O‘zbekiston professional kibersport ligasi qatnashchisiga aylanishdi.

 

O‘z yo‘nalishlarida chempion bo‘lgan kibersportchilar Markaziy Osiyo davlatlarining chempionlari bilan saralashning so‘nggi raundida ishtirok etishadi. Unda muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilar Xitoyda bo‘lib o‘tadigan WESG musobaqasiga yo‘l oladi.

Quyida e’tiboringizga O‘zbekiston nomidan ishtirok etadigan g‘olib ishtirokchilar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

Pro Evolution Soccer 2019 – Salohiddin Esonov

DOTA 2 – Comeback team

Counter Strike: Global Offensive – ProdigY Gaming

Starcraft II –Timur Muzaffarov

Hearthstone – Yagya Sevilya

Eslatib o‘tamiz, elektron kompyuter sporti joriy yilning 15 avgust kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan O‘zbekiston sport turlari reestriga kiritilgan edi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!