
Klichko endi Garvard universitetida ma’ruza o‘qiydi
Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko menejment bo‘yicha AQShning Garvard universitetida ma’ruza o‘qiydi. Bu haqda uning akasi Vitaliy Klichko “Babel”ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
– U juda ajoyib menejer. Vladimir 3-4 yildan beri Shveytsariyaning Sankt-Gallen universitetida ma’ruza o‘qib keladi. Bu yili unga Garvardda ma’ruza o‘qish uchun taklif oldi. Bu ma’ruzalar Challenge Management (chaqiruvlarni boshqarish) bo‘yicha. Garvard uning ma’ruzalariga va Shveytsariyaning universitetidagi baholariga qiziqqan va rozi bo‘lgan, – deydi Kiev meri.
2017 yil avgustda Vladimir Klichko professional boksdan ketganini ma’lum qilgan edi. Uning hisobida 64 g‘alaba (53 nokaut), 5 mag‘lubiyat (4 nokaut) bor. Havaskorlar boksida ukrainalik bokschi +91 kg.da 1996 yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylangan.
Fikrlar