Klopp "Liverpul" haqida film yaratilishiga qarshi chiqmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Amazon" kino studiyasi Angliyaning "Liverpul" klubi haqida hujjatli film yaratishni rejalashtirayotgandi.

Kompaniya mersisaydliklar rahbari Jon Genri bilan ushbu film borasida kelishuvga erishgan biroq jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp bunday fikrga qarshi ekanligini bildirgan.

Germaniyalik mutaxassis suratga olish ishlari jamoaga hech qanday naf keltirmasligini va kameralar oldida futbolchilar noodatiy harakatlanishlarini ta’kidlab o‘tgan.

Aytib o‘tish joizki, avvalroq "Amazon" "Manchester Siti" klubi haqida "All or Nothing" serialini yaratishgandi. Suratga olish jarayoni jamoaning mashg‘ulotlarida, uchrashuvlar davomida hamda kiyinish xonasida bo‘lib o‘tgan.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!