
Klopp yangi mavsumda APLda "Liverpul"ning asosiy raqiblari kimlar bo‘lishini aytdi
“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp yangi mavsumda premer-liga chempionligi uchun uning jamoasiga kimlar asosiy raqobat qilishi haqida aytib o‘tdi.
“Bizning maqsadimiz yildan-yilga o‘z o‘yinmizni takomillashtirib borishdir. Shundagina chempionlik uchun imkoniyatlarimiz ortadi. Lekin qolgan jamoalar ham qo‘l qovushtirib o‘tirishmayapti. Masalan "Manchester Siti" hamon fantastik formada, "Manchester Yunayted" ham shunday. Bu ro‘yxatga yana "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem" kabi jamoalarni ham kiritishim mumkin”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” APLning amaldagi chempioni hisoblanadi. “Liverpul” esa o‘tgan mavsumda 75 ochko to‘plab, 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar