
Kloze uning JChlardagi rekordini Mbappe yo‘qqa chiqarishiga ishonmoqda
Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Miroslav Kloze Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.
“Kilian – ulkan texnikaga ega futbolchi. U kerak paytda etarli sovuqqonlik, dribling va tezlik namoyish eta oladi. Mbappe haqiqatdan ham Pelega o‘xshaydi. Mening rekordimga keladigan bo‘lsak, bu frantsuz uni yo‘qqa chiqarishi mumkin”, - deydi Kloze.
Eslatib o‘tamiz, Kloze jahon chempionatlari to‘purari hisoblanadi. Uning hisobida 16ta gol mavjud. Mbappe esa o‘zining debyut mundialidayoq 4ta gol urishga erishdi.
Fikrlar