
Koselni yana jarohat oldi
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Loran Koselni yana lazaretga qaytishi mumkin.
Sky Sports tarqatgan xabarga qaraganda frantsiyalik futbolchi kecha "Manchester Yunayted"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun to‘ppa-to‘g‘ri shifoxonaga olib ketilgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra Koselnining jag‘i singan bo‘lishi mumkin.
Qayd etish lozimki, 33 yoshli futbolchi bundan 7 oy muqaddam jiddiy jarohat olgan va shundan buyon endigina maydonga qaytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, MYuga qarshi o‘yinda shuningdek “kanonirlar”ning gretsiyalik himoyachisi Sokratis Papastatopulos ham jarohat olgan edi.
Fikrlar