Kostaning nega Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmagani ma’lum bo‘ldi
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Diego Kosta jarohati sabab 3 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda La Liga rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, 29 yoli hujumchi joriy hafta UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turida "Bryugge"ga (3:1) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda jarohat olgan va 69-daqiqada zaxiraga olingan edi. Yuqoridagi manbaaga ko‘ra aynan mana shu jarohat sabab Kosta Ispaniya terma jamoasining bo‘lajak o‘yinlariga jalb etilmagan.
Shu tariqa Kosta La Liganing "Betis" (7 oktyabr) hamda "Vilyarreal"ga (20 oktyabr) qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, Kosta joriy mavsum “Atletiko” safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 3ta gol urishga erishdi.

Fikrlar