Kovachich kimning muxlisi bo‘lganini aytdi

  • 23 sentabr, 2018, 17:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Chelsi" safida o‘tkazayotgan xorvatiyalik yarim himoyachi Mateo Kovachich o‘zining kumiri kimligini aytdi.

“Men uchun Skoulz eng zo‘r futbolchilardan biri bo‘lgan. U ajoyib futbolchi edi. YouTube orqali uning ishtirokidagi o‘yinlarni ko‘rish men uchun doim qiziqarli. Unda zamonaviy yarim himoyachiga hos barcha xislat mujassam edi. U kerak vaziyatda hujumga o‘tib gol ham urardi, himoyaga qaytib himoyachilarga yordam ham berardi. Men hech kimga taqlid qilishni istamayman, lekin Skoulzning o‘yinlari chindanda menga yoqadi. O‘z o‘yinimni kuchaytirish uchun Luka Modrich va Andres Inesta kabi futbolchilarning ham o‘yinlarini kuzatib boraman”, - deydi Kovachich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!