
"Krilya Sovetov" - "Rostov" 1:0 (video)
Bugun Rossiya Premer-ligasi 17-turidan o‘rin olgan "Krilya Sovetov" hamda "Rostov" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Samarada kechgan bellashuvda mezbonlar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi. Mezbonlar safida hamyurtimiz Vitaliya Denisov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 68-daqiqada zaxiraga olindi. Eldor Shomurodov esa maydonda to‘liq 90 daqiqa harakatlandi.
Uchrashuv qo‘polliklarga boy tarzda o‘tgan bilan ham yodda qoldi. Har ikkala jamoa safida jami 3 futbolchi maydondan chetlatildi. Boz ustiga rostovliklar ustozi Valeriy Karpin ham hakamga e’tiroz bildirgani uchun maydon chetidan badarg‘a qilindi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan golni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar