Krishtianu Ronaldu "Yuventus" safida EChLdagi ilk golini kiritdi
Turinning “Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu kecha Chempionlar ligasi guruh bosqich 4-turida “Manchester Yunayted”ga (1:2) qarshi bahsda jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
Leonardo Bonuchchining uzatmasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol etgan 33 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun bu “keksa sinora” safida EChLda kiritgan ilk gol bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Uning hisobida 122ta gol mavjud.

Fikrlar