Kroos kecha EChLdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
Madridning "Real" klubi xavbeki Toni Kroos kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turidan o‘rin olgan “Viktoriya”ga qarshi bahda o‘z hisobiga 1ta gol va 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
E’tiborlisi, 28 yoshli germaniyalik futbolchi shu tariqa faoliyatida ilk bor EChLda gol+pas tizimi bo‘yicha 3 ballni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Kroos joriy mavsum “Real” safida jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar