Kuadrado "Yuventus"dan ketishni rejalashtirmayapti
Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Xuan Kuadrado jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmayapti. U bu haqda Football Italia nashriga bergan bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Mening “Yuventus” bilan shartnomam 2020 yilga qadar imzolangan. Men ushbu kelishuv so‘nggiga qadar Turinda qolmoqchiman”, - deydi kolumbiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum Italiya A Seriyasining 30ta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Hayot o‘zgardi. «Milan» «Yuventus» futbolchisini ko‘zlamoqda

Fikrlar