Kulibali: Tanamning ranggi bilan faxrlanaman
“Napoli” klubi himoyachisi Kalidu Kulibali kecha A Seriyaning 18-turida “Inter”ga (1:0) qarshi bahsda muxlislar tomonidan bildirilgan irqchilik ruhiyatidagi haqoratlarga munosabat bildirib o‘tdi.
“Mag‘lubiyat uchun uzr so‘rayman. Lekin tanamning rangi bilan faxrlanaman. Frantsuz bo‘lganim uchun, senegallik bo‘lganim uchun, neapollik bo‘lganim uchun va eng asosiysi inson bo‘lganimdan faxrlanaman”, - deb yozadi Kulibali o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Kulibali kechagi uchrashuvda hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilib maydonni tark etgan edi.
Fikrlar