Kulibali uchun "Arsenal" ham kurashga qo‘shildi
Londonning "Arsenal" klubi "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Daily Express nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “kanonirlar” ham 27 yoshli senegallik futbolchi uchun qolgan da’vogar jamoalar bilan raqobatlashishga tayyor. Biroq, neapolliklar uni 100 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Kulibali joriy mavsum “Napoli” safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 2ta goliga assistentlik qilishga erishdi.



Fikrlar