Kurtua: "Real"ga o‘tishim martdayoq hal bo‘lgan
"Real" Madrid darvozaboni Tibo Kurtua “qirollik klubi”ga o‘tishga qachon qaror qilgani haqida aytib o‘tdi.
“Chelsi” muxlislari mening “Real”ga o‘tishim borasida haqiqatni bilishmaydi. Bu boradagi qaror mart oyidayoq qabul qilingan. Shartnoma borasida yakuniy kelishuvga erishilgach, klubdagilarni bezovta qilishni istamadim. Shu bois mashg‘ulotlarga bormaslikka qaror qildim. Garchi “Chelsi” muxlislarini yaxshi ko‘rsamda, ular men haqimda hali ham yomon fikrdalar”, - deydi belgiyalik posbon.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli darvozabon “Real” safiga 35 million evro evaziga ko‘chib o‘tdi va 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Fikrlar