La Liga. 7-turning so‘nggi bellashuvida g‘olib aniqlanmadi
Ispaniya chempionati 7-tur so‘nggi uchrashuvida “Selta” va “Xetafe” klublari o‘zaro bahs olib borishdi.
Uchrashuvning 33-daqiqasida Maksi Gomes hisobni ochgan bo‘lsa, 78-daqiqada Mata muvozanatni tikladi. O‘yin oxirigacha hisob o‘zgarmadi.
Selta – Xetafe 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 33 Maksi Gomes, 1:1 – 78 Mata.
Selta – Alvares, Malo, Kabral, Ronkalya (Sisto, 81), Alonso, Yensen (Arauxo, 77), Beltran (Yokushlu, 59), Lobotka, Brais Mendes, Aspas, Maksi Gomes.
Xetafe – Soriya, Suares, Dakonam, Bruno Gonsales, Antunesh, Portilo, Arambarri (Mata, 66), Maksimovich, Ndiaye (Bergara, 89), Anxel (Ibanes, 76), Molina.
Ogohlantirishlar: Bruno Gonsales (20), Portilo (82), Aspas (82), Malo (90).
Fikrlar