La Liga. "Sevilya"ni to‘xtatib bo‘lmayapti

"Ramon Sanches Pisxuan" stadionida kechgan bellashuvda mezbonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Pablo Sarabiya hamda Ben-Yedderlar tomonidan kiritilgan gollarga Sofyan Buffal bir marta javob qaytara oldi.

Mazkur muvaffaqiyatdan so‘ng andalusiyaliklar jamg‘argan ochkolar soni 16 taga etdi va jamoa vaqtinchalik bo‘lsada, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ular ketma-ket besh uchrashuvdan beri g‘alaba qozonib kelishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!