
La liga: Tarixiy natijalar va statistikalar(3-qism)
Ispaniya chempionatiga oid faktlar va statistikalarni e’tiboringizga havola etishda davom etamiz.
La liga: Tarixiy natijalar va statistikalar(1-qism)
La liga: Tarixiy natijalar va statistikalar(2-qism)
La Korunyaning “Deportivo” jamoasi 2015/16 yilgi mavsumda 18 ta o‘yinda durang o‘ynagan. Boshqa hech bir jamoa bir mavsum davomida raqiblar bilan bunchalik ko‘p murosa ko‘chasini tanlamagan.
La ligada eng ko‘p maydondan chetlatilgan futbolchilar Aguado xamda Alfarolardir. Ulardan dastlabkisi “Saragosa”da to‘p surhgan bo‘lsa, ikkinchisi “Rasing” va “Sevilya” klublarida o‘ynagan.
“Malaga” hujumchisi Fabris Olinga 16 yosh 98 kunligida “Selta” darvozasini ishg‘ol etgan. Fabris Ispaniya chempionatida to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan eng yosh futbolchi sanaladi.
1933 yil “Atletik” va “Rasing” klublari o‘rtasidagi o‘yinda 9–5 hisobi qayd etilgan. Bir o‘yinda 14 ta gol! Bunaqasi xokkeyda ham bo‘lmaydi.
1932 yilgi chempionatda to‘purar bo‘lgan – Bata mazkur sovrinni qo‘lga kiritishi uchun 13 ta gol kifoya qilgan.
“Erkules” jamoasi 12 yil La liga doirasidagi mehmondagi uchrashuvlarda g‘alaba nimaligini bilmay kelgan. To‘g‘ri bu vaqtning aksariyatida jamoa quyi divizionda o‘tkazgan.
La ligada qayd etilgan eng yirik g‘alaba “Atletik” klubiga tegishli. Bilbaoliklar “Barselona”ni 12–1 hisobida mag‘lub etishning uddasidan chiqishgan.
La ligada mavsumdagi dastlabki 9 ta o‘yinda shuncha g‘alaba qozonishni faqat Madridning “Real” klubi uddalagan. Bu voqea 1968 yilga to‘g‘ri keladi.
“Atletik” safida o‘ynagan Arana 1931 yilda chempionatdagi bir o‘yinda 7 ta gol kiritishning uddasidan chiqqan. Bu voqelik, “Barselona” bilan kechgan o‘sha 12–1 hisobida yakunlangan o‘yinda sodir bo‘lgan. Oradan 21 yil o‘tib aynan “Barselona” futbolchisi Kubala ham bir o‘yinda 7 to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ladi.
Yaxshi bilasiz Ispaniya chempionatida to‘purar bo‘lgan futbolchilarga – Pichichi sovrini topshiriladi. “Atletik”ning afsonaviy hujumchisi Telmo Sarraonayndi esa mazkur sovrinni oz emas, ko‘p emas 6 bor qo‘lga kiritgan. Ma’lumot uchun Messi va Ronaldular hisobida 3 tadan “Pichichi” mavjud.
Bebetoga “Albasete” darvozasini 3 bor aniq nishonga olish uchun 5 daqiqa kifoya qilgan. David Vilya esa “Valensiya”da o‘ynab yurgan kezlari “Atletik”ka, “Atletiko” forvardi Kevin Gameyrolar esa “Sporting”ga 3 ta to‘p kiritishi uchun 4 daqiqa 46 soniya etarli bo‘lgan.
Faqatgina 3 ta jamoa La ligani umuman tark etmagan. Bular “Atletik”, “Barselona” va “Real”.
Izoh: Statistika 28.02.2017 holatiga
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar