
La liga. “Valensiya” 3-o‘ringa chiqib oldi
Hozirgina Ispaniya La ligasi 7-turidan o‘rin olgan ikki bahs o‘z poyoniga etdi. “Valensiya” o‘z uyida Bilbaoning “Atletik” klubini qabul qildi va 3:2 hisobidagi qiyin g‘alabani qayd etdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, “ko‘rshapalaklar” jamg‘argan ochkolar soni 15 taga etdi va ular turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib olishdi.
“Vilyareal” esa o‘z uyida “Eybar”ni 3:0 hisobida mag‘lub etishning uddasidan chiqdi.
Ispaniya La ligasi. 7-tur
Vilyarreal – Eybar 3:0
Gollar: 1:0 – 25 Bakambu, 2:0 – 52 Bakambu, 3:0 – 76, penalti Bakambu.
Vilyarreal – Barbosa, Alvaro Gonsales, Kosta, Mario Gaspar, Ruis, Fornals, Rodri Ernandes, Kastilexo (Gerra, 82), Trigeros (Soriano, 73), Bakambu, Sansone (Bakka, 66).
Eybar – Dmitrovich, Lomban, Junka, Kapa, Arbilya, Penya (Jordan, 77), Eskalante (Rivera, 82), Dani Garsiya, Inui, Kike (Sharles, 67), Enrik.
Ogohlantirishlar: Rodri Ernandes (31), Alvaro Gonsales (47), Dani Garsiya (50).
Valensiya – Atletik 3:2
Gollar: 1:0 – 27 Dzadza, 2:0 – 34, penalti Parexo, 2:1 – 59 Aduris, 3:1 – 66 Rodrigo, 3:2 – 76 Raul Garsiya.
Valensiya – Neto, Garay, Gayya, Montoyya, Gabriel, Gonsalu Gedesh (Toni Lato, 83), Parexo, Soler, Pereyra (Maksimovich, 71), Dzadza, Rodrigo (Santi Mina, 73).
Atletik – Arrisabalaga, Nunes, Balensiaga, Inigo Lekue, Laport, San Xose (Aduris, 46), Susaeta, Kordoba, Iturraspe, Inyaki Uilyams (Raul Garsiya, 60), Mikel Vesga.
Ogohlantirishlar: Gayya (18), Arrisabalaga (33), Nunes (50), Raul Garsiya (63), Mikel Vesga (80), Parexo (84), Dzadza (84).
Fikrlar