Lennoks Lyuis: Fyuri Joshua va Uaylderga qaraganda xavfliroq bokschi

  • 17.08.2018 09:58
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Lennoks Lyuis Tayson Fyuri mag‘lub qilish Deontey Uaylder va Entoni Joshuadan qiyinroq ekanligini aytib o‘tdi.

Har birining o‘z uslubi bor. Ular har xil toifadagi bokschi. Shuning uchun men ularning bir-birlari bilan janglari bo‘lishini istardim. Bu xuddi bizning oltin davrimizga o‘xshaydi.

– O‘ylaymanki, qiziqarli janglar bo‘ladi. Joshua juda xavfli. Uning o‘ng qo‘lda kuchli zarbasi bor. Uaylderda esa undanda xavfliroq zarba. Shuningdek, u Joshuadan tezkorroq. Biroq ularning Tayson Fyurini yutishini aytish qiyin. U jismonan ancha o‘sgan va bo‘yi ham baland. Uzun qo‘llarga ega. Bu bokschida boshqalarga noqulay uslub mavjud. Ularning har biriga alohida tayyorgarlik ko‘rish zarur, – deydi Lyuis.

Eslatib o‘tamiz, Tayson Fyuri tez orada Deontey Uaylder bilan uchrashishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!