"Lester" Maguayrni o‘z safida saqlab qolmoqchi
“Lester” klubi rahbariyati Angliya terma jamoasi himoyachisi Xarri Maguayrni tarkibda saqlab qolishga urinishmoqda.
Daily Mail nashrining xabar berishicha “tulkilar” buning uchun 25 yoshli futbolchini maoshini oshirishga va u bilan shartnomani uzaytirishga tayyor.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Maguayrning xizmatlariga "Manchester Yunayted" klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagani, “Lester” esa futbolchisini 56 mln evrodan kamiga sotmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar