"Liverpul" Azarni sotib olishga juda yaqin turibdi
Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Torgan Azar “Liverpul”ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda ingliz OAV xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 25 yoshli belgiyalik futbolchi mersisaydliklar safiga yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq kelib qo‘shilishi mumkin. Ushbu transfer esa “Liverpul”ga taxminan 35 mln evroga tushishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum “Borussiya” safida jami 19ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U nemis klubi safiga 2015 yil “Chelsi”dan 8 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar