"Liverpul" o‘z tarixida hech qachon bunday natija ko‘rsatmagan edi...

  • 29.11.2018 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor “Liverpul” kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida safarda PSJ mehmoni bo‘ldi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

E’tiborlisi, mersisaydliklar o‘z tarixlarida ilk bor EChL guruh bosqichida safarda o‘tkazilgan 3ta o‘yinning barchasida mag‘lub bo‘lishdi. Eslatib o‘tish kerakki, “Liverpul” bundan avval "Tsrvena Zvezda" (0:2) va "Napoli"ga (0:1) ham safarda imkoniyatni boy bergan edi.

Ma’lumot uchun, ushbu guruhda 9 ochko bilan “Napoli” peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda esa 8 ochko to‘plagan PSJ ketmoqda. “Liverpul” hisobida esa 5 ochko mavjud va ular hozircha 3-o‘rinni egallab turishibdi. Guruhning so‘nggi pog‘onasidan esa 4 ochkoga ega "Tsrvena Zvezda" joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!