"Lokomotiv" "Nasaf" bilan o‘yinga yuqori kayfiyatda hozirlik ko‘rmoqda

  • 3 oktabr, 2017, 21:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO


"Lokomotiv" jamoasini oldinda "Nasaf"ga qarshi o‘tadigan kubok doirasidagi o‘yin kutib turibdi. Ayni damda jamoamiz ushbu uchrashuvga qizg‘in hozirlik olib bormoqda, deya klub matbuot hizmati xabar bermoqda.

Tecno

"Temiryo‘lchilar" jamoasi bugun ham "Lokomotiv" stadionida mashg‘ulot o‘tkazishdi. Qiziqarli va rangbarang tarzda kechgan mashg‘ulot jarayonida asosan tezkor hujum tashkil etish va raqib hujumini markazdayoq uzib qo‘yish borasida ish olib borildi.

Qayd etish joizki, Sadriddin Abdullaev va Shuhrat Muhammadiev allaqachon umumiy guruhda shug‘ullanishmoqda. Oleg Zoteev hamda Kaxi Maxaradze esa hozircha yakka tartibda shifokor Abror Pirriev nazorati ostida mashg‘ulot o‘tashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!