“Lokomotiv” ertaga Antaliyada oxirgi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi

  • 11 fevral, 2017, 21:14
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

 

Yangi mavsumga tayyorgarlikning muhim bosqichini Antaliyada olib borayotgan "Lokomotiv" ertaga, 12 fevral kuni oxirgi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

"Temiryo‘lchilar"ning to‘rtinchi raqibi Ukrainaning "Zarya" klubi bo‘ladi. Bungacha "Lokomotiv" "Oltin Asr" (Turkmaniston), "Saraevo" (Bosniya va Gertsegovina) va "Ordabasi" (Qozog‘iston) klublariga qarshi maydonga tushdi.

Jamoa bugun ikki mahal mashg‘ulot o‘tkazdi. Futbolchilar ertalab trenajyor zalida mashq qilgan bo‘lsa, tushdan keyin futbol maydonida mashg‘ulot o‘tkazishdi va shu orqali ertangi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishdi.

Tushdan keyingi mashg‘ulotga terma jamoa safida kecha "Amkar" bilan o‘yinda maydonga tushgan futbochilarimiz ham ishtirok etishdi. Bular - Islom To‘xtaxo‘jaev, Salamat Qutiboev, Marat Bikmaev va Jaloliddin Masharipov.

"Lokomotiv"ning  "Zarya" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi mahalliy vaqt bilan 15:00 (Toshkent vaqti bilan 19:00)da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!