London klubi Batshuayini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 03.01.2019 12:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mavsumni "Valensiya" safida ijara asosida o‘tkazayotgan hujumchi Mishi Batshuayi "Kristal Pelas"ning qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra londonliklar "Liverpul"dan Dominik Solankeni ijaraga olisholmagach aynan belgiyalik futbolchi nomzodiga to‘xtalishgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Valensiya" moliyaviy sabablarga ko‘ra Batshuayini muddatidan avval "Chelsi"ga qaytarib yubormoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga shuningdek "Roma"dan qiziqishlar bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!