Londonda dunyoning eng kuchli tennischilari bahslashadi
Angliyaning London shahrida Professioanl tennischilar uyushmasi tomonidan 12-19 noyabr kunlari tashkil etiladigan yakuniy turnirga qur’a tashlandi.
Sovrin jamg‘armasi 8.000.000 AQSh dollari bo‘lgan musobaqada 8 nafar tennischi ikki guruhga bo‘lingan holda bosh sovrni uchun kurash olib boradi.
Qur’a natijasiga ko‘ra Pit Sampras guruhidan Rafael Nadal, Dominik Tim, Grigor Dimitrov va David Goffen joy olgan bo‘lsa, Boris Bekker guruhidan Rojer Federer, Aleksandr Zverev, Marin Chilich hamda Jek Sok o‘rin egalladi.

Fikrlar