Lopetegi: "Atletiko" – xatolardan foydalanish bo‘yicha mutaxassis

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Odatda finalda kim ko‘p xato qilsa, o‘sha mag‘lub bo‘ladi.  "Atletiko" esa xatolardan foydalanish borasida ekspert. Ular o‘zlari yaratgan vaziyatlardan oqilona foydalanishdi.

Biz qo‘shimcha bo‘limlarga 2:2 hisobida etib bordik va ekstra taymning katta qismini biz nazorat qilgandek taassurot qoldi.  So‘ng raqib hisobni 3:2 ga keltirdi.

Birinchi qo‘shimcha bo‘limda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Uchinchi gol bizni ruhan "sindirdi". O‘shanda biz o‘yinni boy berdik", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!