
Luis Enrike: Bizga omad etishmadi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike UEFA Millatlar ligasi turniri doirasida Angliyadan engilganliklari haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Ushbu uchrashuvda o‘zimizni yaxshi ko‘rsata olmadik. Muxlislardan uzr so‘rayman. Bellashuv boshida bir necha xatolar qilganimiz tufayli darvozamiz dahilsizligini ushlab tura olmadik.
Ikkinchi bo‘limda esa aksincha, raqibni harakatlanishiga to‘sqinlik qildik va jamoa o‘ziga ishongan holda xujumlar tashkil etdi, biroq omad biz tomonda emas ekan.
Mehmonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda g‘alaba qozonishib guruhda birinchi o‘rinni egallashni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz, - deya Enrikening so‘zlaridan iqtibos keltiradi RFEF nashri.
Fikrlar