Lukaku 981 daqiqalik golsiz seriyasiga barham berdi

  • 2 dekabr, 2018, 11:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" klubi forvardi Romelu Lukaku kecha Angliya premer-ligasining 14-turidan o‘rin olgan "Sautgempton"ga qarshi bahsda raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

E’tiborlisi, 25 yoshli belgiyalik futbolchi shu tariqa o‘zining 981 daqiqadan buyon davom etib kelayotgan golsiz seriyasiga barham berdi. Ta’kidlash kerakki, u so‘nggi bor 15 sentyabrda "Uotford"ga (2:1) qarshi o‘yinda gol urgan edi. Shundan so‘ng Lukaku qatorasiga 12ta o‘yinda maydonga tushdi va gol ura olmadi.

Ma’lumot uchun, Lukaku joriy mavsum MYu safida jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!