
Lyakazett: Venger qo‘li ostida ishlash men uchun sharaf bo‘ldi
“Arsenal” hujumchisi Aleksandr Lyakazett “Xaddersfild Taun”ga qarshi (1:0) kechgan APL 38-tur o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur bellashuv Arsen Venger uchun “to‘pchilar” boshqaruvidagi so‘nggisi bo‘ldi.
“G‘alaba qozonish muhim edi, chunki bu Vengerning “Arsenal”dagi so‘nggi bellashuv edi. Joriy mavsumda etarlicha g‘alabalarni qo‘lga kirita olmadik. Menimcha mavsumni a’lo darajada yakunladik.
Venger qo‘li ostida ishlash men uchun sharaf bo‘ldi. U “Arenal” uchun ko‘p ishlarni amalga oshirgan ajoyib murabbiy va menejer. Umid qilamanki, bizga yaxshi murabbiy keladi va Venger ishini davom ettiradi”, – dedi frantsiyalik futbolchi.
Fikrlar