"MYu" Evropaning 3ta eng muhim turnirida g‘olib bo‘lgan 5-jamoa bo‘ldi

  • 25 may, 2017, 10:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Shvetsiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan UEFA Evropa ligasi finalida “Ayaks”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan “Manchester Yunayted” kubokni qo‘lga kiritdi va o‘z kollektsiyasiga yana bir sovrinni qo‘shib qo‘ydi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, “MYu” o‘z tarixida ilk bor ushbu kubokni qo‘lga kiritdi. “Qizil iblislar” bundan avval 3 marta (1968, 1999 va 2008 yillarda) Chempionlar kubogida g‘olib bo‘lgan.

Shu tariqa “MYu” qit’aning eng yirik uchta turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5-jamoa bo‘lib tarixga kirdi (Chempionlar ligasi kubogi, Kubok egalari kubogi va UEFA kubogi). Bundan avval ushbu nomga «Bavariya», «Yuventus», «Ayaks» va «Chelsi» kabi jamoalar ham sazovar bo‘lishgan.

Kun fotosi: Evropa ligasi kubogiga oyog‘ini tiqib olgan Zlatan>>>

Mxitaryan Evropa ligasi finalida gol urgan birinchi armanistonlik futbolchi bo‘ldi>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!