"Manchester Siti" Iskoning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
"Manchester Siti" klubi "Real" yarim himoyachisi Isko uchun jiddiy kurash boshladi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” allaqachon 26 yoshli ispaniyalik futbolchining agenti bilan bog‘lanishgan va unga nisbatan qiziqishlari borligini bildirishgan. Aytish kerakki, Iskoning “qirollik klubi” bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra tovon puli 700 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumotlarga qaraganda Isko uchun 86 mln evro taklif qilishga tayyor. Ammo, “Real” uni 100 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas. Biroq, Isko madridliklar bosh murabbiyi Santyago Solari bilan kelisha olmay qolgani bois tez orada jamoadan ketmoqchi.
Isko joriy mavsum “Real” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar