“Manchester Siti” braziliyalik futbolchini “nishonga oldi”

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi “Napoli” yarim himoyachisi Allanga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Calciomercato nashri ma’lum qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “shaharliklar” braziliyalik futbolchini 33 yoshni qarshi olgan Fernandinoga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Yozgi transfer mavsumida “Manchester Siti” rahbariyati “Napoli”ning boshqa futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, biroq yarim himoyachi “Chelsi”ga o‘tishni ma’qul topdi.

Ma’lumot uchun, Allan 2015 yili “Udineze”dan 11,5 million evro evaziga “Napoli” safisha qo‘shilgandi. Joriy mavsumda u Italiya A Seriyasining 12 o‘yinida maydonga tushib, 2 ta golli pasga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!