"Manchester Siti" etakchisi yana jarohat oldi

  • 02.11.2018 09:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha Angliya liga kubogi 1/8 final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan "Manchester Siti" - "Fulxem" (2:0) uchrashuvida “shaharliklar” etakchisi Kevin De Bryoyne jarohat oldi.

Gap shundaki, “Fulxem” futbolchisi Timoti Fosu-Mensa belgiyalik futbolchining tizzasiga jarohat etkazgan. Xabarlarga qaraganda De Bryoyne tez orada tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng uning jarohati haqida aniq ma’lumotlar paydo bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, De Bryoyne mavsum boshidagi jarohati 2 oy maydonga tusha olmagan edi. “Fulxem”ga qarshi bahs esa uning uchun jarohatidan sog‘ayib qaytgandan keyingi 4-o‘yin edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!