"Manchester Siti" ijaradagi darvozabonni ortga qaytardi
Bu haqda golland klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. 19 yoshli futbolchi shu yilning 31 iyulida ijaraga berilgan edi. U Breda klubi safida 1 ta o‘yin o‘tkazishga ham ulgurdi.
"Shaharliklar" ikkinchi darvozabon Klaudio Bravoning kutilmaganda olgan jarohati sabab, chernogriyalik posbonni ortga qaytarishga majbur bo‘lishdi.
Yuzaga kelgan vaziyat tufayli "Manchester Siti" NAKka yangi darvozabon topishda yordamlashishini ma’lum qilgan.

Fikrlar