“Manchester Siti” qishda 21 yoshli Frantsiya terma jamoasi a’zosini sotib olmoqchi

  • 03.11.2018 14:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning “Lion” klubi yarim himoyachisi Tangi Ndombele “Manchester Siti”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” 21 yoshli frantsiyalik futbolchini qishki transferlar chog‘idayoq o‘z saflariga qo‘shib olishni rejalashtirishmoqda. Buning uchun esa “Lion”ga 45 mln evro taklif qilmoqchi.

Ma’lumot uchun, Ndombele joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 11ta o‘yinda maydonga tushgan va jamoasining 4ta goliga assistentlik qilishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!