"Manchester Yunayted" UEFA tomonidan 8 ming evro jarimaga tortildi
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida "Yuventus"ga (0:1) qarshi "Old Trafford"da kechgan bahsda sodir bo‘lgan voqea uchun UEFA tomonidan jazolandi.
Gap shundaki, shu kuni stadionga tashrif buyurgan 3 nafar muxlis 3 marta maydonga tushib turinliklar forvardi Krishtianu Ronalduga yaqinlashmoqchi bo‘ldi. Aynan mana shu voqea uchun UEFA ingliz klubini 8 ming evro jarimaga tortdi.



Fikrlar