Manjukich: Finalga chiqish haqida o‘ylamayapmiz
Xorvatiya terma jamoasi forvardi Mario Manjukich ertaga Angliyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan yarim final uchrashuvi oldilan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bizda yaxshi futbolchilar ko‘p. Ular ichida yoshlari ham tajribalilari ham bor. Yarim finalda kuchlar teng. Biz Angliya terma jamoasidan qo‘rqmaymiz. Har ikkala terma jamoa ham haqli ravishda yarim finalga etib keldi.
Biz finalga chiqish haqida o‘ylamayapmiz, shunchaki Angliyaga qarshi o‘yinga bor e’tiborimizni qaratganmiz”, - deydi Manjukich.
Eslatib o‘tamiz, Angliya – Xorvatiya uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
Fikrlar