Marko Roys yil sportchisi deb topildi
“Borussiya” Dortmund sardori Marko Roys klub talqini bo‘yicha yil sportchisi deb topildi. Bu haqda dortmundliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki, Roys 2012 yildan buyon ushbu klub sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u Dortmund klubi safida Germaniya kubogi (2016/17) va Germaniya Superkubogini (2013, 2014) qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Roys joriy mavsum “Borussiya” Dortmund safida jami 26ta o‘yinda maydonga tushdi va 16ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar