
Marselo yozda "Real"dan ketmoqchi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 30 yoshli braziliyalik futbolchi so‘nggi paytlarda zaxirada qolib ketayotgani sabab “qirollik klubi”dan ketish haqida o‘ylay boshlagan. U yozda o‘ziga qiziqish bildirgan jamoalarning takliflarini ko‘rib chiqmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu Marseloni Turinga chorlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Marselo joriy mavsum “Real” safida 19ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar