Martin Shkrtel "Barselona"ga o‘tishdan bosh tortdi
“Fenerbaxche” himoyachisi Martin Shkrtelning agenti Mitxat Xalis so‘zlariga ko‘ra, 34 yoshli slovakiyalik futbolchi “Barselona”ga o‘tishdan bosh tortgan.
“Barselona” yanvarda Shkrtelni xarid qilishga urinib ko‘rgan. Bu bilan kataloniyaliklar himoya chizig‘ida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etmoqchi edi. Biroq Martin Pike va Umtitiga o‘rinbosar bo‘lishni istamadi.
– U Istambulda baxtli va “Fenerbaxche”da o‘yinidan qoniqmoqda. U “Barselona”da uchinchi o‘yinchi bo‘lishni istamadi, — deya Xalisning so‘zlarini keltiradi AS nashri.
Shkrtel Turkiya chempionatida 2016 yil iyulidan beri to‘p surib kelmoqda.



Fikrlar