Mayk Tayson va Meyvezer janglarini ko‘rsatgan "Showtime" Shohjahonga shartnoma taklif qildi (foto)

  • 11.06.2017 09:57
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

 

Professional boks janglarining teletranslyatsiya butun jahonda millionlab sport muxlislarini jalb qilishi bilan ahamiyatlidir. Bu bokschilarni butun dunyoga tanitishi tabiiy hol, albatta.

Shohjahon Ergashev muxlislarga syurpriz tayyorladi (foto)

Shohjahon Ergashev: Nokaut mana bunaqa bo‘ladi!

AQShning "Showtime" telekanali o‘zbekistonlik nokautchi Shohjahon Ergashevning janglarini namoyish qilish uchun bokschimizga shartnoma taklif qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, hamyurtimiz beshta jang uchun shartnoma tuzgan.

"Showtime" telekanali nufuzli ommaviy axborot vositalari faqatgina yuqori reytinglarni qo‘lga kiritishga qodir, millionlab muxlislar e’tiborini qozona oladigan bokschilar bilan shartnoma qiladi.

Xususan, bu telekanal o‘z vaqtida Mayk Tayson, Floyd Meyvezer va Konstantin Tszyu kabi o‘zbek boks muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari bilan ham shartnoma imzolagan.

Shohjahon Ergashevning AQShda boshlanayotgan faoliyatiga ham muvaffaqiyat tilaymiz!

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!