Mendi Minellaga Gshtaad havosi yoqmoqda
"Ladies Championship Gstaad by IXION Services" turnirida lyuksemburglik Mendi Minella birinchilardan bo‘lib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Mendi mazkur musobaqaning yarim finalida chexiyalik Marketa Vondroushovaga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda 4:6, 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Bir ozdan so‘ng Gshtaad shahrida o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi yarim final uchrashuvida frantsiyalik Alize Korne va kanadalik Ejeni Bushar kortga chiqadi.
Fikrlar