Messi "Barselona" tarixiga kirdi

  • 13.08.2018 09:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avval xabar berganimizdek kecha Marokashning Tanjer shahrida bo‘lib o‘tgan Ispaniya Superkubogi bahsida “Barselona” 2:1 hisobida “Sevilya” ustidan g‘alaba qozondi.

E’tiborlisi, ushbu sovrin kataloniyaliklar etakchisi Lionel Messi uchun ushbu klub libosidagi 33 sovrin bo‘ldi va u shu tariqa jamoadagi eng sovrindor futbolchiga aylanib oldi. Ta’kidlash kerakki, Messi bu borada sobiq jamoadoshi Andres Inestani (32) ortda qoldirishga erishdi.

Ma’lumot uchun, Messi faoliyati davomida shu kungacha 9 karra Ispaniya chempioni, 6 karra Ispaniya kubogi, 8 karra Ispaniya Superkubogi, 4 karra Chempionlar ligasi va 3 karra UEFA Superkubogi g‘olibi hamda 3 karra Klublar o‘rtasidagi jahon chempioni hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!